O‘zbekistonda bir kunda ikki kishi poyezd tagida qolib, vafot etdi

Jamiyat

image

Kecha, 10 yanvar kuni Samarqand va Namanganda poyezd ikki kishini bosib ketdi. Oqibatda fojia jabrlanuvchilari vafot etdi. 

10 yanvar kuni soat 12:25 larda mashinist 35 yoshli Sh.Sh. boshqaruvidagi yuk poyezdini 20 ta vagoni bilan birga G‘uncha shaharchasi hududidan o‘tuvchi “Chortoq-Namangan” bekatlari oralig‘idagi 96 km 2-piketida harakatlantirib ketayotgan vaqtida temir yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda 2 guruh nogironi (kar-soqov) 31 yoshli Z.Ya.ni urib yuborgan.

Oqibatda Z.Ya. olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyat Transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, 10 yanvar kuni soat 20:50 larda mashinist R.G. boshqaruvidagi 7-sonli “Moskva-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdini “Zarafshon-Jomboy” bekatlari oralig‘idagi 3710 km harakatlantirib ketayotgan vaqtida temir yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyoda 53 yoshli R.B.ni urib yuborgan.

Oqibatda R.B. olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyat Transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

472

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing