Sanoat va qurilish ob’ektlari faoliyati qaysi asosda davom etishi aytildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini qayta tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 10 iyuldan 1 avgustga qadar karantin choralari kuchaytirilmoqda. 

Qaror bilan sanoat va yirik qurilish ob’ektlari faoliyatini davom ettirishiga quyidagi shartlar asosida ruxsat berilmoqda:

•    tegishli ob’ektlar hududi to‘liq karantinga olinadi;

•    ob’ektlar hududida sanitariya va gigiyena qoidalariga to‘liq rioya etilishi ta’minlanadi;

•    sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari bilan birgalikda tegishli ob’ektlarda sanitariya-gigiyena tadbirlari amalga oshirib boriladi;

•    ob’ektlarga kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar, dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash;

•    xodimlar tomonidan ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlagan holda faoliyat yuritilishini ta’minlanishi lozim. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

248

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing