TIV Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxslarning Tyumen shahrida go‘yoki fojiali halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi jasadini vatanga jo‘natish uchun mablag‘ yig‘ishda (hisob raqami ko‘rsatilgan) yordam berish so‘ralgan videomurojaati tarqaldi.

O‘zbekiston Respublikasining Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasining Rossiya IIVning Tyumen viloyatidagi Boshqarmasidan olgan axborotga ko‘ra, 2019 yilning 1 may kunidan boshlab olingan tezkor ma’lumotlarda O‘zbekiston fuqarosining vafot etgani/halok bo‘lgani to‘g‘risida axborot yo‘q. 

Shu munosabat bilan Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Ural federal okrugi (Kurgan viloyati,  Sverdlovsk viloyati,  Tyumen viloyati,  Chelyabinsk viloyati,  Xanti-Mansiysk avtonom okrugi - Yugra,  Yamal-Nenetsk avtonom okrugi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi:  +7-343-272-31-66,  +7-343-272-31-33,  +7-965-519-42-22 (WhatsApp va Telegram). 

Shuningdek, agarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan yaqin qarindoshingiz yoki tanishingiz chet elda yordamga muhtojligi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lsangiz, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yoki uning Rossiya Federatsiyasidagi Vakolatxonasiga murojaat qilishingiz tavsiya etiladi. 

Ma’lumot uchun: 

Rossiya Federatsiyasidagi manzil:  Moskva shahri,  1-Kazachiy tor ko‘chasi,  11/2.  Murojaat uchun telefon raqami:  +7-903-507-76-67. 

O‘zbekiston Respublikasida manzil:  Toshkent shahri,  Qamarniso ko‘chasi,  1-uy.  Murojaat uchun telefon raqami:  +998-71-202-33-55 (ichki raqam:  16,  17).  Telegram kanali:  @migration_uz.


Maqola muallifi

Teglar

TIV Rossiya

Baholaganlar

66

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing