1 iyuldan qoidabuzarlik aks etgan videoga pul to‘lanadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 20 sentyabr kuni “Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilingandi.

Mazkur qarorga ko‘ra, 2019 yil 1 iyuldan boshlab videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni taqdim etgan shaxslar rag‘batlantirish tartibi joriy qilindi.

Huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni yuborgan shaxslar huquqbuzardan undirilgan jarima hisobidan eng kam oylik ish haqining besh foizi (10 ming 136 so‘m) miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi;

Videoyozuvlarni taqdim etgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Sodir etilgan huquqbuzarlik holatlari haqidagi videolar uch ish kuni ichida markazlashtirilgan tizim (http://dyhxx.ejarima.uz) orqali ichki ishlar organlariga ko‘rib chiqish uchun yuborishi mumkin.

Videoyozuvning davomiyligi 120 sekunddan oshmasligi lozim.

http://dyhxx.ejarima.uz sayti birinchi marta ishga tushirilayotganligi, sinovdan o‘tgan analoglari yo‘qligi sababli, sinov davrida tizimda ayrim texnik kamchilik va xatoliklar kelib chiqishi hamda qisqa muddatli to‘xtalishlar bo‘lishi mumkin”, deb eslatdi IIV YHXBB matbuot xizmati.


Maqola muallifi

Teglar

qoidabuzarlik DYHXX videoyozuv

Baholaganlar

81

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing