Alimentchilarni “zapret”dan chiqarish yo‘llari tushuntirildi

Jamiyat

image

Aliment to‘laydigan shaxsga qo‘yilgan cheklovni bekor qilishning ikkita yo‘li mavjud: alimentni oldindan to‘lash yoki garov qo‘yish yo‘li bilan cheklovni bekor qilish. Bu haqda Majburiy ijro byurosi faoliyatining 9 oylik yakunlari va istiqboldagi rejalar mavzuida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Boshqarma bo‘lim katta inspektori Bekzod Rahmatov ma’lum qildi.

MIB vakilining so‘zlariga ko‘ra, oldindan to‘lash tartibida qarzdor davlat ijrochisiga ariza bilan murojaat qiladi. MIB vakili uning ish haqi (ishlamaydigan bo‘lsa) bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasidagi o‘rtacha oylik ish haqidan kelib chiqqan holda aliment to‘lovlarini farzandlar voyaga yetgunga qadar, lekin 5 yildan kam bo‘lmagan muddatga oldindan hisoblab beradi

Aliment ijro hujjatlari tartibi bo‘yicha qarzdor tomonidan aliment o‘z vaqtida to‘lanmagan davrda uning chetga chiqish huquqlari cheklanadi. Huquq cheklangach, qarzdor tomonidan aliment to‘lab yurilishi ushbu cheklovni bekor qilishga asos bo‘lmaydi. 

Agar farzandlar voyaga yetishiga 5 yildan kam muddat qolgan bo‘lsa, hisob o‘sha qolgan muddatga binoan amalga oshiriladi. Qarzdor hisoblash qarorini olgach, tegishli hujjatni bergan sudga ijro etish usuli va tartibni o‘zgartirish bo‘yicha murojaat qiladi. Sud murojaatni ko‘rib chiqib, oldindan chiqarish qarorini tasdiqlab bergach qarzdorning chiqish huquqiga bo‘lgan ta’qiq bekor qilinadi.

Garov shartnomasi esa — qarzdor va undiruvchi o‘rtasida kelishgan holda tuziladi. Garov mulki sifatida eng kam oylik ish haqining 200 baravaridan kam bo‘lmagan mulk qo‘yiladi. Bu holda ham qarzdor yuqoridagi tartibda sudga murojaat qilishi lozim.

"Fuqaro chetga chiqqandan keyin ikki oydan ortiq muddat aliment pulini to‘lamasa, undiruv o‘sha garov mulkiga qaratiladi", dedi Bekzod Rahmatov.
Qayd etish keraki, shu yilning o‘tgan 9 oyi davomida Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi va hududiy tuman bo‘limlariga aliment undiruvi bilan bog‘liq bo‘lgan 27 ming 215 ta ijro hujjatlari kelib tushgan. 

Shu asosda, 324 ta qarzdor ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 20 nafar alimentchi otalarga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 122-moddasi (Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash)ga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Aliment pullarini to‘lamasdan yashirinib yurgan 168 nafar qarzdorlar qidirib topilgan va ulardan aliment puli undirilgan. 65 nafar qarzdorga nisbatan qidiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Shuningdek, aliment to‘lovi bo‘yicha qarzdor shaxslar bilan o‘tkazilgan profilaktika va tushuntirish ishlari natijasida 229 ta oila yarashtirilishiga erishilgan.


Maqola muallifi

Teglar

MIB aliment to'lovchi

Baholaganlar

133

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing