Bektemir Meliqo‘ziyev prof ringdagi ilk jangida g‘alaba qozondi

Sport

image

O‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev prof ringdagi uzoq kutilgan debyut jangini o‘tkazdi. 

Avval xabar berganimizdek, jang bugun, 14 iyun kuni AQSHda, Gollivuddagi “The Avalon” arenasida tashkil etildi.

Mazkur jangda Bektemirga argentinalik Martin Fidel Rios raqiblik qildi. O‘zbek bokschisi jangni faollik bilan boshladi va zarbalar seriyasini uyushtirdi. Bektemir birinchi raundning o‘zidayoq kuchli zarbasi evaziga raqibini chuqur nokaut holatiga tushirdi va professional boksdagi faoliyatini chiroyli g‘alaba bilan boshladi.

Ushbu jang Bektemir uchun debyut bo‘lgan bo‘lsa, Rios uchun prof ringdagi 47-bahs edi. Uning prof ringdagi ko‘rsatkichi bugungi natija bilan qo‘shib hisoblaganda 23 ta g‘alaba (13 ta nokaut), 20 ta mag‘lubiyat (5 ta nokaut) va 4 ta durangni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Professional boks Bektemir Meliqo'ziev

Baholaganlar

28

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made