Bobo-Usmon Baturov chorak finalga yo‘l oldi

Sport

image

Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati doirasidan o‘rin olgan uchinchi kun bellashuvlari davom etmoqda. 

Biroz avval, o‘zbekistonlik bokschilardan Bobo-Usmon Baturov musobaqa doirasida o‘zining ikkinchi jangini o‘tkazdi.

-69 kilogramm vazn toifasida jang olib borayotgan bokschi bu gal eronlik bokschi Sajjar Kazemzadaposhtiri bilan to‘qnash kelib, raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Bu g‘alaba Baturovga chorak final yo‘llanmasini taqdim qildi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo chempionati Bobo-Usmon Baturov

Baholaganlar

9

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing