Istanbulda o‘zbeklar yashaydigan tuman zilzilaning asosiy xavf zonasi ekani aytildi

Olam

image

Turkiyaning Tabiiy ofat va favqulodda vaziyat boshqarmasi Istanbulda kutilayotgan kuchli zilziladan eng og‘ir zarar ko‘radigan tumanlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida o‘zbekistonliklar eng ko‘p boradigan, yashaydigan va ishlaydigan Fotih tumani ham bor. 

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila Istanbulning barcha tumanlari uchun yuqori xavf tug‘dirmoqda. 

Ammo Adalar, Avjilar, Bog‘chaliuylar, Bakirko‘y, Beylikduzi, Buyukchekmachi, Kichikchekmachi, Moltepa, Tuzla, Uskudar, Zaytunburni va Sultonbeyli tumanlari zilziladan katta ta’sir ko‘radi. 

Istanbul meriyasi hisobotida eng xavfli tumanlar Avjilar, Fotih, Zaytunburni, Esenlar, Kichikchekmachi, Tuzla va Beylikduzi sifatida qayd etilgan. Kutilayotgan Marmara zilzilasida Zaytunburnida 5 ming 334, Avjilarda 7 ming 39 va Kichikchekmachida 12 ming 244 binoning jiddiy zarar ko‘rishi taxmin qilinmoqda. 

Tabiiy ofat va favqulodda vaziyat boshqarmasining Istanbulda falokat xavfini kamaytirish rejasiga ko‘ra, ehtimoliy kuchli zilzilalarda shaharni kutayotgan xavflar ham e’lon qilindi. Shunga ko‘ra, Istanbulning barcha tumanlarida zilzila yuqori xavf tug‘dirsa-da, Adalar, Avjilar,  Bog‘chaliuylar, Bakirko‘y, Beylikduzi, Buyukchekmachi, Kichikchekmachi, Moltepa, Tuzla, Uskudar, Zaytunburni va Sultonbeyli tumanlari kuchli xavf ostida. 

Buyukchekmachi va Beylikduzi ko‘chki zonasida bo‘lgani uchun binolar qulashi sodir bo‘lishi mumkin. 

Esenyurt – bu yuqori va zich qurilish, aholi soni va immigrantlar zichligi bilan zilzilalardan ta’sirlanish xavfi ortib borayotgan tumandir. 

Silivri va Tuzla – bu faol yoriq chizig‘iga yaqinligi, yuqori allyuvial qalinligi va suyultirish uchun qulay tuproq sharoiti tufayli zilziladan kuchli ta’sir ko‘rishi mumkin bo‘lgan tumanlar qatoriga kiradi. 

Bakirko‘y, Avjilar va Zaytunburni – hisobotda aytilishicha, ushbu tumanlarning barchasi zarar ko‘radi. Ularda xususiy, davlat va shahar shifoxonalari hamda maktablar, qolaversa, eski binolarning ko‘pligi zilzila ta’sirini yanada oshiradi. 

Adalar – yoriq chizig‘iga yaqinligi va eski binolar ko‘pligi tufayli yuqori xavf mavjud. Aholi zichligining pastligi, dengiz transporti ob’ektlarining ochiqligi va transportda muammolarning yo‘qligi muhim xususiyat sifatida baholanmoqda.  

Bog‘chilar, Bog‘chaliuylar, Esenlar, G‘oziusmonposho, Kadiko‘y, Qog‘ozxona, Kartal, Kichikchekmachi, Moltepa, Pendik, Umroniya va Uskudar: Zich joylashuv bilan ajralib turadigan bu tumanlar, boshqa tumanlar bilan solishtirganda, yopilishi mumkin bo‘lgan yo‘llar tufayli og‘ir qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin bo‘lgan tumanlar deb hisoblanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul Zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing