Toshkentda birinchi ochiq karting xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda

Jamiyat

image

Bugun, 30 iyun - "Yoshlar kuni" munosabati bilan poytaxt Toshkentda Birinchi ochiq karting xalqaro Gran-pri Toshkent 2019 sport musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Musoboqa soat 17:00 da start oladi. 

Toshkent shahar hokimligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan musobaqa poytaxtning Amir Temur va Istiqlol ko‘chalarida (Amir Temur xiyoboni) o‘tkazilmoqda. 

 

Musobaqada 50 dan ortiq kartingchilar ishtirok etmoqda. Musobaqa ishtirokchilari to‘rt klasga - bolalar, havaskorlar va ikki professionallar jamoalariga bo‘lingan holda bellashadi. 

Musobaqa tomosha qilishga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Yoshlar Ittifoqi raisi Qahramon Quronboyev Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev tashrif buyuradi. 

Musobaqada nafat mahalliy, balki Ispaniya va Turkiyadan kelgan sportchilar ham ishtirok etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

24

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing