Toshkentda bugun ham kuchli shamol va jala davom etadi

Jamiyat

image

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 6 iyun kuni Toshkent shahrida ob-havo o‘zgarishi kuzatiladi. Vaqti-vaqti bilan chaqmoq chaqadi va yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan esadigan shamol tezligi 5-10 m/sni tashkil etadi. Chaqmoq paytida shamol tezligi 15-20 m/s ga ortadi.

Havo harorati kunduzi +28...+30 daraja, kechqurun esa +15...+17 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. 

“Kuchli shamol sizga va yaqinlaringizga, mol-mulkingizga zarar yetkazmasligi uchun, bunday paytda daraxtlar ostida yurmang hamda avtomobilingizni ham daraxtlar tagida saqlamang.

Kuchli yog‘ingarchilik oqibatida shahrimizda suv toshish holatlarini kuzatsangiz, 1050, 1055 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling”, deyiladi Toshkent shahar hokimligi xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Yomg'ir shamol

Baholaganlar

51

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing