Xotirjam bo‘lishga asos yuq – SSVda koronavirus xavfi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

Jamiyat

image

Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar 83368 nafarga yetdi. Mazkur xastalik sabab vafot etganlar esa ayni vaqtda 2858 nafarni tashkil etmoqda. 36486 kishi xastalikdan butkul forig‘ bo‘lgan. Hozirgacha Xitoydan tashqari ushbu infeksiya 37 ta davlatda aniqlandi. Dunyoda epidemik vaziyat kun sayin o‘zgarib, kasallik shiddat bilan boshqa davlatlarga ham  tez tarqalmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligida yangi turdagi koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemik vaziyat va kasallik tarqalishining oldini olish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi Unda Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ishtirok etdi. 

Yig‘ilishda murakkab epidemik vaziyatdan kelib chiqib, O‘zbekistonda bu borada olib borilayotgan chora tadbirlar, jumladan, Prezidentning shu yil 29 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoyishida ko‘zda tutilgan vazifalar tahlil qilindi. Koronavirus infeksiyasini oldini olish bo‘yicha profilaktik va  epidemiyaga qarshi kurash tadbirlari bo‘yicha mavjud masala  va amalga oshirilishi dolzarb bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi. 

Ayni paytda mamlakatga yuqumli kasalliklar, jumladan, COVID19  infeksiyasini kirib kelishini oldini olish maqsadida, davlat chegaralarida 53 ta sanitariya-karantin punktlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda ushbu SKPlarida boshqa tarmoq xodimlari qatorida 250 nafardan ziyod yuqori malakali sanitariya-epidemiologiya xizmati mas’ullari belgilangan standartlar bo‘yicha ish olib bormoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligi huzurida uzluksiz 24 soat davomida faoliyat ko‘rsatuvchi shtab tashkil qilingan. 

Ma’lumotlarga qaraganda, shu yilning 15 yanvaridan – 26 fevraligacha bo‘lgan muddatda Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan 5 022 nafar fuqaro ro‘yxatga  olingan bo‘lib, ularning 14 kunlik tibbiy kuzatuv davri yakunlangan. Hozirgacha mamlakatda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati qayd etilmagan.

“Ammo bundan xotirjam bo‘lishga asos yuq”, deyilgan selektorda. Mamlakatdagi barcha havo va temir yo‘llarda tashkil qilingan  sanitariya-karantin punktlari,  hududlarda tuzilgan shtablar faoliyatini bugungi kun talabidan kelib chiqib, qayta ko‘rib chiqish, mehmonxonalar va korxonalar, mahalla, ichki ishlar organlari bilan mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ularga davlat tomonidan qo‘yilayotgan talab, tavsiyalarni o‘z vaqtida  yetkazish,  tibbiy-patronaj xizmatini  yanada yaxshilash  yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. 

Ayniqsa, epidemiya keng tarqalgan mamlakatlardan kelgan har bir fuqaroni to‘liq 14 kunlik tibbiy kuzatuvga  olish, birlamchi tibbiyot muassasalarining vrach va patronaj hamshiralari tomonidan gripp, O‘RI va o‘tkir pnevmoniya kasalliklarini erta aniqlash ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha vazifalar yana bir bor qat’iy ko‘rsatib o‘tildi. Shu bilan birga, xorijdan kelgan fuqarolar  orasida tana harorati ko‘tarilgan bemorlar aniqlanganda, ularni barchasini koronavirus kasalligiga maxsus  laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazishga, shuningdek, kasallikning tarqalishini oldini olish va izolyatsiya qilish maqsadida, oilaviy poliklinika shifokorlari tomonidan harorati yuqori bo‘lgan bemorlarni  uyida tibbiy yordam ko‘rsatilishiga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlab o‘tildi.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Shodmonov koronavirus Sog'liqni saqlash vaziri

Baholaganlar

159

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing