Elnur Abduraimov va Isroil Madrimovning navbatdagi jang sanasi aniq bo‘ldi

Sport

image

Isroil Madrimov va Elnur Abduraimovning navbatdagi jangi qachon o‘tkazilishi aniq bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Madrimov professional boksdagi ikkinchi jangini 9 mart kuni o‘tkazadi. Uning raqibi va jang qayerda bo‘lishi haqidagi ma’lumot yaqin vaqtlarda e’lon qilinadi.

Elnur Abduraimovning yangi jangi esa 23 mart sanasiga belgilandi. Jang Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tkazilib, Abduraimov mezbon bokschi Dmitriy Xasiyevga qarshi ringga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, Elnur shu paytgacha 3 marta profesional boksda jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblarini nokautga uchratgan. Xasiyev esa 11 marta jang qilib, 8 bor zafar quchgan (2 nokaut), 2 bor durang qayd etgan va 1 marta mag‘lubiyatga uchragan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Madrimov Elnur Abduraimov

Baholaganlar

48

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing