O‘zbek polvoni Gruziyada bronza medalini qo‘lga kiritdi

Sport

image

Bugun, 29 mart kuni Gruziya poytaxtida dzyudo bo‘yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi musobaqaning birinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Turnirning ushbu kunida bahs olib borgan o‘zbeistonlik sportchi Sharofiddin Lutfullayev bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

60 kilogarmmgacha vazn toifasida gilamga chiqqan Sharofiddin ushbu medalni qo‘lga kiritish uchun mo‘g‘ulistonlik Boldbatar Ganbatni mag‘lub etdi. Shu tariqa Lutfullayev bronza medali bilan birga Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasi uchun qimmatli 350 reyting ochkosini ham o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ymoqda.

Bu Lutfullayev  uchun Gran-pri toifasidagi musobaqalarda qo‘lga kiritilgan 13-medal bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

dzyudo Sharofiddin Lutfullaev

Baholaganlar

15

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing