Ispaniyada koronavirusdan o‘lganlar deyarli 2 mingga kamaytirildi

Olam

image
Ispaniyaga futbol qaytmoqda! north_east

Ispaniyaga futbol qaytmoqda!

Bir necha hafta davomida Yevropada koronavirus o‘chog‘i bo‘lib turgan Ispaniyada COVID-19 dan vafot etish statistikasi qayta ko‘rib chiqildi. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusdan o‘lganlar sonini qisqartirdi. 

Hozir qirollikda koronavirusdan qurbon bo‘lganlar 26,5 mingdan ortiq, kecha bu ko‘rsatkich 29 mingga yaqin edi.

Yangi raqam qirollikdagi qariyalar uylarida vafot etgan mingdan ortiq qurbonni o‘z ichiga olmaydi. Ularda koronavirus infeksiyasidek alomatlar bo‘lgan. Ispaniyada epidemiya davrida shunday muassasalarda jami 19 ming kishi vafot etgan.

Hozirgi vaqtda Ispaniyada 58 685 kishi koronavirusdan davolanyapti. Ularning bor-yo‘g‘i 1 foizi yoki 854 nafari og‘ir ahvolda.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyi oxirida Ispaniyada karantin cheklovlari yumshatila boshlandi. Kecha esa 48 kundan keyin aholiga ochiq havoda sport bilan shug‘ullanishga ruxsat berildi. Buning uchun alohida soatlar ajratildi.

Ma’lumot uchun, Ispaniyada COVID-19 epidemiyasi boshlangan vaqtdan beri deyarli 282,5 ming kishida koronavirus aniqlandi. Hozirgacha ularning 196 958 nafari davolangan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Ispaniyada

Baholaganlar

111

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing