Tibbiyotda korrupsiya aralashmagan yo‘nalish qolmagan – Bosh prokuror

Jamiyat

image

“Korrupsiya shu darajaga yetib borganki, tibbiyotning u aralashmagan biror yo‘nalishi qolmagan. Korrupsiya xodim ishga qabul qilinishidan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini yuritish, tibbiy xizmat ko‘rsatish, dori-darmon ta’minoti, deyarli barcha yo‘nalishlarni qamrab olgan”, deydi Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev.

Avval xabar berganimizdek, bugun, 25 dekabr kuni Bosh prokuraturada Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida korrupsiya holatlari hamda ularni keltirib chiqarayotgan shart-sharoitlarni muhokama qilishga bag‘ishlangan Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev komissiyaning xulosasini o‘qib eshittirdi. U fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash, aholi uchun sifatli tibbiy xizmatdan to‘laqonli foydalanish imkonini yaratish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi shaxsan Prezident nazoratida ekanini ta’kidladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tibbiyot sohasini moliyalashtirish 2018 yilga nisbatan bu yil 30 foizga ortgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 12 trln 100 mlrd so‘mni tashkil etgan. Sohaga qilinayotgan jiddiy e’tibor va moliyaviy ta’minotga qaramasdan jiddiy muammolar, kamchilik va nuqsonlar hamon saqlanib qolmoqda.

Komissiya raisining fikriga ko‘ra, ayniqsa, sog‘liqni saqlash sohasidagi ta’magirlik va suiiste’molchilik, tizimning barcha bo‘g‘inlarida korrupsiyaning   keng   ildiz   otgani   xavotirlidir.

U shuningdek, tizimda ishga qabul qilishdagi ta’magirlik va korrupsiya holatlari haqida gapirdi.

“Masalan, Navoiy shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i T. fuqaro K.ni hamshiralikka qabul qilish evaziga 500 dollar olganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortildi.

Yoki, Andijon viloyat perinatal markazi rahbari I. xodimlari A. va Y. bilan til biriktirib, fuqaro U.ni kichik tibbiy xodim sifatida ishga   qabul qilish evaziga   200 dollar olganda ushlandi.

Bunday holatlar Angor tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i X., Zarafshon shahar sil kasalliklari dispanseri bosh shifokori Q., Shoshilinch tez-tibbiy Sirdaryo filiali shifokori I., Dang‘ara tuman markaziy poliklinika shifokori A., Bekobod shahar tibbiyot birlashmasi bo‘lim boshlig‘i Yu., Jalaquduq tumani tibbiyot birlashmasi bosh hamshirasi I. Va boshqalar.


Maqola muallifi

Teglar

Nig'matilla Yo'ldoshev Tibbiyotda korruptsiya

Baholaganlar

129

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing