O‘zbek og‘ir atletikachisi Rustam Jangabayev sportdan chetlatildi
Sport
−
12 aprel 2019
5944Og‘ir atletika musobaqalarida mutlaq vazn toifasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etuvchi Rustam Jangabayev antidoping qoidalarini buzgani uchun sportdan vaqtincha chetlatildi. Bu haqda Halqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) joriy yilning 11 aprel kuni ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, 2018 yilning noyabr oyida Ashxabot shahrida o‘tkazilgan Jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan Rustam Jangabayevning doping test tahlili ijobiy natija bergan.
Ma’lum qilinishicha, agar o‘zbekistonlik sportchi antidoping qoidalarini buzmagani aniqlansa, unda bu haqdagi tegishli qaror e’lon qilinadi. Salbiy natija tasdiqlansa, sportchi Jahon chempionati sovrindorligidan mahrum etilishi mumkin.
Halqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) surushtiruv yakuniga yetmay turib, bu haqda batafsil ma’lumot bermasligini ma’lum qildi.
LiveBarchasi