Namanganda endi yilning eng faol jurnalistiga Spark topshiriladi

Jamiyat

image

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan kecha, 28 iyun kuni Namangan shahridagi “Sherdor” tantanalar majmuasida katta bayram tadbiri tashkillashtirildi.

Ushbu tadbirga viloyatdagi barcha tahririyatlar xodimlari, faxriylar hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari taklif etildi.

Tadbirda Namangan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov so‘zga chiqib, barcha jurnalistlarni Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tabrikladi. Viloyat hokimi o‘z nutqida bugungi davr va odamlarning dunyoqarashi ancha o‘zgargani, jarayonlar shiddat bilan kechayotgani, demak, jurnalistlar ham voqea-hodisalarni tezkor va xolis tarzda, yangicha, ta’sirchan uslubda yoritishlari kerakligini ta’kidladi.

Shundan keyin, bir yil davomida samarali mehnat qilib, ko‘pchilikka namuna bo‘lgan hamda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi tomonidan e’lon qilingan tanlov g‘oliblari - tele, radio, matbuot va internet nashrlarining bir guruh vakillariga viloyat hokimining Faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Taqdirlash marosimida viloyat hokimi keyingi shu sanada eng ko‘p auditoriya to‘plagan, a’zolari va kuzatuvchilari yetakchi bo‘lgan OAVga oliy o‘rin sifatida Spark avtomobili berilishini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan viloyati Cpark Xayrullo Bozorov

Baholaganlar

10

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing