Fransiyada 16 yoshli chechen kaltaklandi. Voqea yirik to‘qnashuvlarga sabab bo‘lmoqda

Olam

image

O‘tgan juma kuni Fransiyaning Dijon tumanidagi Gresil va Shenov kvartallarida qurol-yarog‘ va giyohvand moddalarni qidirish bo‘yicha navbatdagi maxsus operatsiya o‘tkazildi. Unda 140 ga yaqin politsiya xodimi ishtirok etdi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan nafaqat xonadonlar, balki tomlar, vino yerto‘lalari, pochta qutilari va konditsionerlar ham tintuv qilindi. Xo‘sh, nega bunday bo‘ldi?

Kelib chiqishi shimoliy afrikaliklarga borib taqaluvchi mahalliy aholi va chechen millatiga mansub aholisi o‘rtasidagi to‘qnashuvlar, Gresil kvartalida 16 yoshli chechenning kaltaklanishidan so‘ng boshlandi. 13 iyunga o‘tar kechasi pichoqlar bilan qurollangan 100 ga yaqin kishi mahalliy chilimxonani vayron qildi. Bunga javoban tumanning ba’zi aholisi ko‘chalarda qo‘riqchilik qilishni tashkillashtirdi, chechenlarga nisbatan tahdidlar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘la boshladi. Keyingi uch kun ichida guruhlar ochiq to‘qnashuvlarga kirishdi. Video-kuzatuv kameralari yo‘q qilindi, avtomobillar va axlat qutilari yoqildi.

Tartibsizliklardan so‘ng Chechenistondan kelgan olti nafar muhojir ushlandi va zo‘ravonlik, zarar yetkazish hamda uyushgan guruh tarkibida odam olib o‘ldirish ayblovlari bo‘yicha tergov boshlandi. Kecha, 22 iyun kuni kuni yana to‘qqiz kishi hibsga olindi. Ularga qurol va giyohvand moddalar saqlaganlik aybi qo‘yildi.

Bugun, 22 iyun kuni Fransiyadagi “Chechen assotsiatsiyasi” ushbu voqealar munosabati bilan Strasburgda umumiy yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda “Agence France-Presse” xabar bermoqda.

Agentlikning ma’lumotlariga ko‘ra, yig‘ilishda uyushmalar Shimoliy Afrika va Chechenistondan kelgan muhojirlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarni "qattiq qoralaganlarini" e’lon qilishgan. Dijon tumani prokuraturasining ma’lumotlariga ko‘ra, qurolli to‘qnashuvlar paytida yigirma nafardan ko‘proq odam jarohat olgan. Bu to‘qnashuvlarda o‘q otish qurollari va pichoqlar ishlatilgan.

"Biz Fransiyadamiz va Fransiya qonunlariga bo‘ysunishimiz shart", deya esladi Chechen integratsiyasi assotsiatsiyasining vakili Zelimxon Shavxalov.

Shavxalov Dijondagi mojaro yosh chechenga qarshi hujum uyushtirilganidan keyin paydo bo‘lganini ta’kidladi. Avvalroq, chechen yigitga hujum qilganlar giyohvand moddalar vositachilari ekanini da’vo qilishgan edi.

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning fikriga ko‘ra, Fransiyaning Dijon shahrida mahalliy aholi vakillari ishtirokidagi mojaro mahalliy hokimiyat idoralarining narkotiklarni noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda tartibni tiklay olmaganligi bilan bog‘liq. Chechenistonda tug‘ilganlar mojaroda vatandoshlarini himoya qilishdi, dedi Qodirov.

"Mahalliy hokimiyat giyohvand moddalarni noqonuniy sotuvchilarni tartibga sola olmadi, shundan keyin yosh avlod vaziyatni o‘z nazoratiga oldi. Shaxsan mening fikrimcha, men chechenlarning xatti-harakatlarini to‘g‘ri deb bilaman ", deb yozadi u Telegram’dagi sahifasida.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Dijon voqealarida ishtirok etganlar 10 yilgacha bo‘lgan muddatga ozodlikdan mahrum etilishlari mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Checheniston

Baholaganlar

391

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing