Koronavirus antirekord o‘rnatdi

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesusning ta’kidlashicha, so‘nggi kun davomida butun dunyo bo‘ylab 106 mingta yangi koronavirus holati qayd etildi.

Tashkilot rahbari past va o‘rta daromadli mamlakatlarda kasallikning ko‘payishi xavotirli tus olganini ta’kidladi.

"So‘nggi 24 soat ichida 106 mingta yangi infeksiya holati qayd etildi. Bu pandemiya boshlanganidan beri kuniga aniqlangan eng yuqori natijadir", dedi Gebreyesus.

Tashkilot mamlakatlarning ochiq yetkazib berish zanjirlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor beradi. Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, tibbiy asboblar bemorlarga va sog‘liqni saqlash sohasida ishlaydiganlarga yetkazilishi juda muhimdir.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jahonda koronavirusga chalinganlarlarning umumiy soni 5 082 490 nafarga yetdi. Bemorlarning 2 020 151 nafari shifo topgan bo‘lsa, 329 268 nafari hayotdan ko‘z yumdi. Ayni paytda 2 733 071 kishi infeksiya sabab davolanmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus jahonda

Baholaganlar

752

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar