Hukumat qarori bilan Davstatqo‘mga yana bir vazifa yuklandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.

Qaror bilan 2020–2021 yillarda O‘zbekistonda multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish uchun Milliy sohalararo muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi hamda Kuzatuvni o‘tkazish sxemasi tasdiqlandi.

Global “Multiple Indicator Cluster Survey” (MICS) dasturi talablariga muvofiq Kuzatuvga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash Kengashning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Davlat statistika qo‘mitasi Kuzatuvni o‘tkazish bo‘yicha vakolatli davlat organi etib belgilandi.

2021 yil 1 oktyabrgacha Kuzatuv natijalaridan kelib chiqqan holda tegishli yo‘nalishlarni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.


Maqola muallifi

Teglar

qaror statistika

Baholaganlar

16

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing