Rossiyaning o‘rmon tabiati Yangi yil bayrami uchun 18 million rublga “tushdi”

Olam

image

Rossiyada Yangi yil kunlari va undan oldin 10 mingta ignabargli daraxtlar noqonuniy ravishda kesilgan. Bu haqda Federal o‘rmon xo‘jaligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotda keltirilishicha, o‘rmonlarga yetkazilgan zarar 18 million rubldan oshgan.

O‘rmon nazoratchilari tomonidan 42 mingdan ortiq reyd o‘tkazilgan. 327 ta archa va boshqa ignabargli daraxtlarni kesish bilan bog‘liq qoidabuzarliklar aniqlangan.

“Qoidabuzarlarga umumiy qiymati 500 ming rubldan ortiq bo‘lgan 98 ta ma’muriy jarima solindi. Eng ko‘p qoidabuzarlik Amur va Irkutsk viloyatlarida qayd etildi. Ichki ishlar organlariga jinoiy huquqbuzarlik dalillari bo‘lgan faktlar bo‘yicha 129 ta material yuborildi”, deyiladi xabarda.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

49

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing