“Dom”larning tagida alkogol mahsulotlari sotish taqiqlanadi

Olam

image

Rossiya hukumati "Yagona Rossiya" partiyasi deputatlarining 20 kvadrat metrdan kam bo‘lgan turar-joy binolarida joylashgan bar, restoran va kafelarga alkogol sotishni taqiqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasiga "konseptual" ijobiy javob tayyorladi, deya yozmoqda "Kommersant" gazetasi. 

"Aholi yashash joylarida kafe va barlarning joylashishiga salbiy munosabatda bo‘lishmoqda. Uylarga yaqin hududda, hovli va o‘yin maydonchalarida tartib-qoidalarning tez-tez buzilishi natijasida ko‘plab shikoyatlar kelib tushdi", deydi tashabbus mualliflari.

Rossiya Hukumatining ta’kidlashicha, tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish salonining cheklangani halol ishbilarmonlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, muassasalarning yopilishiga va raqobat darajasining pasayishiga olib kelishi mumkin.

Biroq, hukumat,  tashabbusni "konseptual ravishda" Davlat Dumasida ikkinchi o‘qishda qabul qilish sharti bilan qo‘llab-quvvatlaydi.

Nashrga ko‘ra, qonun loyihasi ertaga, 18 sentyabr kuni Davlat Dumasining iqtisodiy siyosat, sanoat, innovatsion rivojlanish va tadbirkorlik bo‘yicha qo‘mitasida ko‘rib chiqilishini rejalashtirmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

alkogol mahsulotlari

Baholaganlar

17

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar