Samarqandda turistik markaz qurilishi boshlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yilning 26 iyul kuni Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida  Samarqand tumanidagi eshkak eshish kanali atrofida qurilishi rejalashtirilgan turistik markaz loyihasi bilan tanishib, bu yerda xorijiy va mahalliy sayyohlar, viloyat aholisi uchun qulay sharoitga ega dam olish maskani yaratish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.

360 gektar maydonni egallagan mazkur hududda bugun qurilish ishlari boshlandi. Loyiha qurilishiga mas’ul Timur Soyning ma’lum qilishicha, turistik markaz ikki hududdan iborat bo‘lib, eshkak eshish kanalining shimoliy hududida zamonaviy anjumanlar saroyi, ikkita besh yulduzli, ikkita to‘rt yulduzli mehmonxona va boshqa inshootlar quriladi. Mazkur hudud – markazning biznes hududi hisoblanadi.

Janubiy hudud esa ichki turizm uchun mo‘ljallanib, bu yerda ham oltita mehmonxona, akvapark, sport inshootlari, restoran va kafelar, milliy mahsulotlar bilan savdo qiluvchi nuqtalar bunyod etiladi. Muhimi, mazkur hududda dendra park tashkil etiladi va bu yerda mahalliy aholining oilaviy kelib hordiq chiqarishi uchun imkoniyat yaratiladi. Hududda bir vaqtning o‘zida uch ming kishi dam olishi mumkin bo‘ladi.
Sayyohlik markazi hududidagi yo‘llar asosan elektromobillar qatnoviga mo‘ljallanadi. Shuningdek, veloyo‘lak, piyoda sayr qilish uchun yo‘laklar tashkil etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand turistik markaz

Baholaganlar

68

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing