“Yoshlar daftari” va “ayollar daftari” tizimi joriy etiladi – Prezident

Jamiyat

image

Ayni daqiqalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Gender tenglik, yoshlar va ayollar masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda davlat rahbari mamlakatda yoshlar va ayollarni ish bilan ta’minlashga, ularga ijtimoiy, psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatish, har bir yigit-qiz, har bir ayol davlat e’tiborida ekanini yana bir bor eslatish masalalariga e’tibor qaratdik. 

“Bugungi masalani vaqtincha deb o‘ylagan rahbarlar xato qiladi. Buni tushunmagan rahbarlarning kelajagi bo‘lmaydi. Qonunni ham, ijro organini ham o‘zgartiramiz”, deydi Shavkat Mirziyoyev so‘zi avvalida. 

Prezidentning qayd etishicha, mamlakatda joriy etilgan temir daftar tizimi, unga kam ta’minlangan va boquvchisi yo‘qotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning kiritilishi o‘zining amaliy natijasini ko‘rsatgan. Ayniqsa, bu pandemiya davrida yaqqol namoyon bo‘lgan. Shundan kelib chiqqan holda davlat rahbari “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ni tashkil etishni, hududlarda 30 yoshgacha bo‘lgan, ijtimoiy, huquqiy va psixologik ko‘makki muhtoj bo‘lgan yigit-qizlarni “Yoshlar daftari”, xotin-qizlarni esa “Ayollar daftari” ga kiritishni taklif qildi. 

Endi  har bir mahalla, tuman, shahar va viloyat kesimida “yoshlar daftari” va “ayollar daftari” shakllantiriladi. Bu ro‘yxatlar “temir daftar”dan alohida bo‘ladi. Unga ijtimoiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bor bo‘lgan ishsiz yoshlar va xotin-qizlar kiritiladi. Buning natijasida ular bilan tizimli, manzilli ish yo‘lga qo‘yiladi.

“Temir daftar” uchun uyma-uy yurildi va u o‘z natijasini berdi. Oldin kam ta’minlangan oilalar bilan ishlashda tajriba yo‘q edi. Biz birgalikda shu tajribani orttirdik”, deydi Prezident. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

210

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing