Bangladesh birinchi Prezidentining qotillaridan biri 24 yil deganda qo‘lga olindi

Olam

image

Bugun, 8 aprel kuni Bangladesh politsiyasi mamlakatning birinchi Prezidenti Mujibur Rahmonning qotillaridan birini 24 yillik qidiruvdan so‘ng, hibsga oldi. Bu haqda AFP agentligi xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hibsga olingan ofitser Abdul Majed 1996 yilda Bangladeshdan chiqib ketgan va u mamlakatga 2020 yilning mart oyida qaytib kelgan. Mamlakat adliya vaziri Anisul Xaqning so‘zlariga ko‘ra, o‘lim jazosini tayyorlash jarayoni allaqachon boshlangan, chunki hibsga olingan odam sud qaroriga shikoyat qilish huquqiga ega emas.

Rahmon o‘ldirgan harbiy to‘ntarishda qatnashgan ofitserlar 1998 yilda o‘lim jazosiga hukm qilingan edi. Ularning besh nafari 2009 yilda qatl etilgan.

Prezident Rahmon 1975 yil 15 avgustda Dakkadagi qarorgohida rafiqasi, uch o‘g‘li, boshqa qarindoshlari va oilaning yaqin qarindoshlari (taxminan 20 kishi) bilan birga o‘ldirilgandi. O‘sha paytda Germaniyada bo‘lgan ikki qiz tirik qolgan, ular orasida hozirgi Bosh vazir Shayx Xasina ham bor edi.


Maqola muallifi

Teglar

Bangladesh

Baholaganlar

163

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing