Shifoxonalarda koronavirusdan davolanayotganlar 2 745 nafargga tushdi

Jamiyat

image

Bugun, 7 oktyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 118 nafarga ortib, 59 697 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari:

•    43 nafari Toshkent shahrida;
•    39 nafari Toshkent viloyatida;
•    26 nafari Namangan viloyatida;
•    10 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar: 

•    Toshkent shahrida 152 nafar;
•    Toshkent viloyatida 87 nafar;
•    Namangan viloyatida 19 nafar;
•    Andijon viloyatida 13 nafar;
•    Farg‘ona viloyatida 8 nafar;
•    Xorazm viloyatida 7 nafar;
•    Qashqadaryo viloyatida 5 nafar;
•    Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, 56 460 (+295) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foizga yetdi.

Hozirda mamlakatda 2 745 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

47

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing