Abdulla Aripov Ozarbayjon Demokratik Respublikasi 101 yilligi tantanalarida ishtirok etdi

Jamiyat

image

Ayni vaqtlarda Toshkentdagi “Wyndham” mehmonxonasida Ozarbayjon Demokratik Respublikasining 101 yilligi sharafiga qabul marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston tarafidan Hukumat raisi Abdulla Aripov, Ozarbayjonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Guseyn Guliyev ishtirok etmoqda. Marosim ikki mamlakat madhiyalari bilan boshlandi.
 
Tadbir avvalida ikki mamlakat madhiyalari yangradi. Guseyn Guliyev tadbirga tashrif buyurgan mehmonlarni qutlar ekan, O‘zbekiston Ozarbayjonning azaliy do‘sti, qardoshi ekanini alohida ta’kidladi.
 
Hukumat rahbari Abdulla Aripov va elchi Guseyn Guliyevni orqali  Ozarbayjon Demokratik Respublikasi 101 yilligi bilan butun mamlakat xalqini tabrikladi. 

Tadbirda ko‘plab mamlakatlarning O‘zbekistondagi elchilari, diplomatik korpus vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, jurnalistlar ishtirok etmoqda. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 1918 yilda Ozarbayjon Demokratik Respublikasi tashkil etilishi  Ozarbayjon  tarixida yorqin sahifa hisoblanadi. Keyingi yillar, o‘n yilliklar yorug‘ voqealar, katta yutuqlari bilan mamlakatning va Ozarbayjon xalqining hayot  bosqichlarini tashkil etadi.
 
1918 yilda Ozarbayjon Milliy Kengashi tomonidan Ozarbayjon Demokratik Respublikasi mustaqilligini  tantanali suratda e’lon kilingan. Shu kuni Tiflisda (hozirgi Tbilisi) mustaqillik deklaratsiyasi imzolangan.
 
Shu voqealar  sharafiga Bakuda ko‘chalardan biri, metropoliten bekati  nomlangan va “Istiglaliyat” (mustaqillik) ko‘chasida mustaqillik  deklaratsiyasi  matni (lotin va arab harflarida)  bilan stella  o‘rnatilgan.

Tbilisida Kavkazdagi sobiq podsho vakili saroyi zali devorida ozar, gruzin va ingliz tillaridagi yozuv bilan yodgorlik lavhasi o‘rnatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

19

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing