Navoiyda odamlarga eshak go‘shti sotilgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

18 iyul kuni Navoiy viloyatida eshak go‘shti sotgan uddaburon tadbirkor qo‘lga tushdi. 

Tadbirkor va uning sheriklarini hibsga olisha Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan reyd doirasida amalga oshirildi. 

Odamlarga Islom dinida iste’molga xarom qilingan eshak go‘shtini sotgan tadbirkorning omboridan foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan qariyb ikki tonna go‘sht mahsulotlari topilgan.

Sud jarayoni davomida ma’lum bo‘ldiki, tadbirkor kasallikdan o‘lgan qora mol va shuningdek, eshak go‘shtini sotish bilan shug‘ullanib kelgan. 

Ayni paytda tadbirkor va uning sheriklariga nisbatan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Navoiy eshak go'shti

Baholaganlar

242

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made