Iroqning yangi Bosh vaziri hukumatini shakllantirolmay iste’fo so‘radi

Olam

image

Iroq Bosh vaziri vazifasni bajaruvchi Muhammad Tavfiq Alavi mamlakat Prezidenti Barhom Solihga iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Alavining qarori parlamentdan yangi hukumatni shakllantirish uchun ruxsat ololmagani bilan bog‘liq.

Parlament dastlab yangi Vazirlar Mahkamasi tarkibini tasdiqlash uchun 24 fevralda yig‘ilish o‘tkazishi ko‘zda tutilgan. Biroq tasdiqlash yangi hukumat tarkibida bo‘lishi bir qator fraksiyalar noroziligini keltirib chiqargan bahsli nomzodlar muhokama qilinishi sababli qoldirilgan.

1 mart kuni shu masala bo‘yicha yig‘ilishda yetarlicha deputat ishtirok etmagani uchun Hukumat yana shakllanmay qolgan .

Ma’lumot uchun, Alavi fevral oyining boshida Bosh vazir etib tayinlangandi. Undan avvalgi hukumat rahbari Odil Abdul Mahdi al-Muntafiqi 2019 yil noyabrdagi noroziliklar ortidan iste’foga chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

Iroq Muhammad Tavfiq Alavi

Baholaganlar

28

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing