“Qamchiq” dovonida tosh massalari nega tushirilyapti?

Jamiyat

abd097964e3a590701536e541f4a1d58

Joriy yilning 5 cyentyabr kunidan bugungi kungacha “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan qismidagi geologik xavfli uchastkalarida avtotransport vositalari harakatlanishiga xavf solayotgan ko‘chib tushish ehtimoli mavjud bo‘lgan tosh massalarini tushirish tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Tosh tushirish tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmatining monitoringlari natijalariga ko‘ra amalga oshirilmoqda, deb xabar berdi FVV Matbuot xizmati.

Ushbu tadbirlarga Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati, “Qamchiqavtoyo‘l” Ixtisoslashgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi, hamda Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmatining kuch va vositalari jalb etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

FVV Qamchiq dovon

Baholaganlar

58

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing