Avtomobillarga stiker berish to‘xtatildi

Jamiyat

image

Davlat xizmatlari markazlari 2020 yil 4 aprel soat 18:00dan boshlab arizalar qabulini vaqtincha to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda DXA matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Hozirgi vaqtda mutaxassislar tomonidan 60 832 arizalarni ko‘rib chiqish jarayoni davom etmoqda. Ularni sifatli saralash va YHXDX idoralari bilan birgalikda ko‘rib chiqib asoslantirilgan qarorlarni qabul qilish uchun 2020 yil 4 aprel soat 18:00dan boshlab arizalar qabulini vaqtincha to‘xtatishga majburmiz”, deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Davlat xizmatlari markazlariga 4 aprel 17:00 gacha 165 619 ta ariza kelib tushgan. Ulardan respublika bo‘yicha 23 546 ta ruxsatnoma berilgan, 81 241 tasi rad etilgan, 10 004 ariza oluvchining o‘zlari tomonidan qaytarib olingan.

Ta’kidlanishicha, arizalarni qabul qilish 2020 yil 6 aprel 18:00 dan boshlanadi.

“Rad etilgan arizalarni qayta yubormaslikni so‘raymiz, chunki bu holat boshqa arizalarni ko‘rib chiqish jarayonini sezilarli darajada sekinlashtiradi. Agar siz rad javobni asossiz deb hisoblasangiz, tushuntirish olish uchun @davxizmataloqa_bot, [email protected], 1148 ishonch telefoni orqali murojaat etishingizni so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

maxsus ruxsatnoma

Baholaganlar

582

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing