Ichimlik suvi bilan ta’minlovchi korxonalarga imtiyozlar beriladi

Jamiyat

image

Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash sohasida faoliyat yuritayotgan xususiy korxonalarga ayrim soliq va bojxona imtiyozlari beriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalalari yuzasidan yig‘ilishda ma’lum qilindi. 

Davlat rahbari qayd etilgan tajribalardan kelib chiqib, 1 mayga qadar suv ta’minoti bo‘lmagan mahallalarni to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ularni toifalarga ajratishga topshiriq berdi.

Bunda qaysi mahallada quduq qazish, qaysi biriga markazlashgan tarmoq tortish yoki markaziy hovuz barpo etish lozim, degan savollarga aniq javob bo‘lishi zarur.

Bu ishlarga xususiy sektorni jalb qilish uchun quyidagi yengilliklar beriladi:

•    suv yetkazib berish uskunalari, maxsus transport xarid qilishga va ob’ektlar qurish uchun kredit foizining 14 foizidan yuqori qismiga subsidiya beriladi;

•    import qilinadigan uskunalar va texnikalarga bojxona bojlari bekor qilinadi;

•    xususiy sektor ishtirokidagi suv ta’minoti korxonalariga foyda, yer, mulk va ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz qilib belgilanadi;

•    ijtimoiy buyurtmalar uchun byudjetdan har yili kamida 50 milliard so‘m grant ajratiladi;

•    ushbu mahallalarda xususiy suv ta’minoti xizmatlari uchun to‘lovlar miqdori mahalliy Kengashlar bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Prezident kelgusi besh yilda bu sohaga 40 trln so‘m investitsiya jalb qilib, ichimlik suvi ta’minotini 90 foiz, oqova suv tizimi qamrovini 35 foizga yetkazish rejalashtirilganini ma’lum qildi.

Joriy yilda ushbu maqsadlar uchun 2 trln so‘m byudjetdan ajratiladi, 245 mln dollar jalb etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ichimlik suvi

Baholaganlar

57

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made