Huawei hamkorlar va mijozlarni tijorat biznesini muvaffaqiyatli raqamlashtirish yo‘lida birlashishga taklif etadi

Biznes

image

2024 yil 22 aprel kuni Huawei kompaniyasi Central Asia Commercial Roadshow’ni ishga tushirdi. Raqamlashtirish jadal rivojlanayotgani va raqamli iqtisodiyot shakllanib borayotgani e’tiborga olinsa, O‘zbekiston tijorat biznesi uchun bir qator tadbirlarni o‘tkazgan birinchi davlat bo‘ldi. Ushbu tadbirda davlat va ta’lim sektori, turli industriyalar, IT sohasidagi xususiy biznes, sog‘liqni saqlash, chakana savdo, mehmonxonalar sohasi vakillari o‘z mijozlari va hamkorlarining ehtiyojlariga yechim topish uchun raqamli mahsulotlar bilan tanishdi.

Huawei Enterprise korporativ biznes guruhi davlat, korporativ va industrial sektorlardagi hamkorlari va mijozlarining ilg‘or raqamli mahsulotlar, yechimlar va platformalardan xabardorligini oshirish maqsadida har yili an’anaviy tadbirlarni o‘tkazib keladi. 2024 yil 22 aprel kuni Toshkentda tijorat yo‘nalishidagi biznes uchun o‘tkazilgan birinchi tadbir qatnashchilariga mijozlarning turli ssenariylarga oid ehtiyojlarini qondirish uchun ilg‘or yechimlarni o‘rganish imkonini berish bilan bir qatorda ularga tegishli kichik va o‘rta biznesni bosqichma-bosqich raqamli va intellektual transformatsiya qilish jarayonlariga yo‘l ochdi.

Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo regioni bo‘yicha tijorat biznesi yo‘nalishi direktori Jeyson Yan o‘z kirish so‘zida Huawei Enterprise biznes guruhining hamkorlar bilan birga ishlash strategiyasi bilan o‘rtoqlashdi, shuningdek hamkorlar uchun biznes yuritish, mahsulotlar logistikasini monitoring qilish, marketing resurslari va ta’lim materiallaridan foydalanish jarayonlarini osonlashtirish maqsadida ishga tushirilgan innovatsion servis va raqamli platformalar haqida so‘zlab berdi.

“Biz hamkorlarni birgalikda kichik va o‘rta biznes korxonalarini bozorda talabgor bo‘lgan mahsulotlar, IT vositalar hamda biznesni tashkil etish bo‘yicha ishonchli tizimlar yordamida raqamli va intellektual transformatsiya qilish uchun hamkorlikka taklif etamiz”, dedi Jeyson Yan.

Tadbir davomida ekspertlar Huawei mahsulotlari va yechimlari, raqobatbardosh afzalliklari, IP-tarmoqlari, ma’lumotlarni saqlash tizimlari, optik tarmoqlar kabi yo‘nalishlarda qo‘llash ssenariylari, masofaviy aloqani tashkil etish uchun intellektual qurilmalar va tizimlar, chakana savdo, sog‘liqni saqlash, turizm va boshqa sohalar uchun yaratilgan aqlli va xavfsiz kampuslar bilan tanishtirdi. Mehmonlar orasida ta’lim sohasi vakillari borligi e’tiborga olinib, mazkur texnologiyalar va yechimlarning qo‘llanishi “aqlli” universitetlar va maktablarni yaratish bo‘yicha amaliy misollar asosida namoyish etildi.

Huawei’ning O‘zbekistondagi AKT yechimlari bo‘yicha maslahatchisi Reshat Boltayev hamkorlar manfaatini ko‘zlovchi hamkorlik va biznes-modeli qurish hisobiga tijorat bozoriga kiritilayotgan strategik sarmoyalari to‘g‘risida so‘zlab berdi.

“Kichik va o‘rta biznes korxonalari, tijoriy tashkilotlar va vertikal industriya global tarzda raqamli va intellektual transformatsiya qilinishi ulkan bozor paydo qiladi hamda katta imkoniyatlarga yo‘l ochadi. Biz hamkorlar bilan birgalikda rivojlantirish siyosatini optimallashtirish, sog‘lom va o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish hamda umumiy muvaffaqiyatga erishish yo‘lida sa’y-harakatlarni birlashtirishda davom etamiz”, deya ta’kidladi Reshat Boltayev.

Biznesning tijorat yo‘nalishiga bag‘ishlangan navbatdagi Central Asia Commercial Roadshow tadbiri 2024 yil 25 aprel kuni Samarqandda bo‘lib o‘tadi. Tadbirga qiziqish bildirgan hamkorlar va mijozlar ro‘yxatdan o‘tgan holda qatnashishlari mumkin.

Huawei kompaniyasi o‘zaro manfaat, halollik va qoidalarga amal qilish bilan ifodalanuvchi umumiy muvaffaqiyatga erishish uchun ochiq hamkorlikka intilgan holda gullab-yashnagan ekotizimni yaratish yo‘lida butun dunyo bo‘ylab 40 000 dan ortiq hamkorlar bilan ishlaydi. Huawei O‘zbekistondagi 25 yillik faoliyati davomida AKT infratuzilmalarini mustahkamlash, iqtisodiyotning turli sohalarini raqamlashtirish, raqamli ishlanmalar bo‘yicha iqtidorlarni yetishtirish, rag‘batlantirish va mamlakat taraqqiyotiga barqaror ko‘maklashish borasida ahamiyatli loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing