O‘zbekistonda og‘ir va o‘ta og‘ir ahvoldagi bemorlar 926 nafarga yetdi

Jamiyat

image

Bugun, 23 sentyabr kuni O‘zbekistonda 590 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 444 nafarga yetdi.

Bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Andijon, Samarqand, Qashqadaryo hamda Navoiy viloyatlarida 608 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 53 447 nafar bemordan 49 832 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 171 nafar bemordan 632 nafari og‘ir, 294 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

387

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing