Turkiyadan javob olgan Suriya, martda kutilayotgan ob-havo – voqea-hodisalarning qisqa dayjesti

Jamiyat

image

Jahon yangiliklari

AQSH. Qo‘shma Shtatlarda koronavirusga chalingan odamlar soni 62 nafarga yetdi. O‘tgan haftaning shu kunida ko‘rsatkich 34 nafar edi. Ulardan 11 kishi virusni xorijdan yuqtirib kelgan, 2 ta holatda u odamdan odamga yuqqan. Bundan tashqari, 3 kishi Uxandan, 18 kishi Diamond Princess bortidan olib kelingan. 

Boliviya. Mamlakat prokuraturasi sobiq prezident Evo Morales, vitse-prezident Alvaro Garsiya va hukumatning 3 nafar sobiq vaziriga nisbatan kuzda o‘tgan saylovlarda ovozlarni manipulatsiya qilganlikda ayblab, yangi jinoiy ish ochdi. Prokuraturaning ma’lumotlariga ko‘ra, saylovlarda ovozlarni manipulatsiya qilish haqida Adliya vazirligi xodimlariga buyruq berilgani haqida dalillar mavjud. 

Suriya. Idlibda mamlakat armiyasi bilan bo‘lgan otishma vaqtida bir nafar turkiyalik harbiy halok bo‘ldi, ikki nafari yaralandi. Turkiya qo‘shinlari bunga javoban zarbalar yo‘llashgan. Buning oqibatida, Suriya armiyasining 8 ta tanki, 5 ta gaubitsi, 2 ta ko‘p stvolli raketa uchiruvchi qurilmasi, shuningdek, 56 nafar harbiy yo‘q qilingan.  

Fransiya. Parijning Lion vokzalida bo‘lgan tartibsizliklarda 30 nafarga yaqin kishi ushlandi. Tartibsizliklar shaharning Bersi ko‘chasida boshlangan edi. Shundan so‘ng ishga politsiya aralashdi. Namoyishchilar juma kuni kechqurun kongolik qo‘shiqchi Falli Ipupa konserti o‘tadigan AccorHotel Arena yaqinida to‘planishdi. Fransiyadagi Kongo diasporasi faollari Kongo Demokratik Respublikasining amaldagi hokimiyatiga qarshi chiqib, qo‘shiqchini mamlakatning amaldagi prezidenti Chisekedi, shuningdek, oldingi rahbari Jozef Kabila bilan yaqin aloqada ayblamoqda.

Falastin. Iordan daryosining g‘arbiy sohilida iroillik harbiylar bilan bo‘lgan to‘qnashuv vaqtida kamida 228 nafar falastinlik jarohatlandi. Ularning aksariyati rezin o‘qlardan, qolganlar esa ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan jabrlangan. Shuningdek, Nablus va Xeveron shahridagi Alvauar qochqinlar lagerida ham shunga o‘xshash holat kuzatilgan.

O‘zbekiston xabarlari

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda 1-2 mart kunlari kunduzgi harorat +20…+23 daraja bo‘ladi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 8-10 darajaga yuqori. 3 mart kuni O‘zbekiston hududining katta qismida iliq va quruq havo saqlanib turadi. 4-5 mart kunlari salqin va nam havo oqimining kirishi bilan harorat foni pasayadi. Respublikaning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi. Biroq bahor oyining birinchi o‘n kunligida ob-havoning keskin o‘zgarishlari kutilmayapti.

O‘zbekiston delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya rasmiy taklifga binoan 2020 yil 29 fevral kuni Doha shahrida (Qatar Davlati) bo‘lib o‘tadigan AQSH va “Tolibon” harakati o‘rtasida Bitim imzolash marosimida ishtirok etadi. Bu haqda TIV matbuot-xizmati xabar bergan.

Sport

Yevropa Ligasining 1/8 finaliga chiqqan 16-jamoa nomi ham aniq bo‘ldi. “Zalsburg” – “Ayntraxt” bahsida kuchlar teng keldi – 2:2. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra Germaniya klubi keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. “Ayntraxt” 1/8 finalda Shveysariyaning “Bazel” jamoasi bilan bahs yuritadi.

Toshkent viloyatining Olmaliq shahridagi “Metallurg” sport majmuasida kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi. Unda 300 nafardan ziyod polvon g‘oliblik uchun bellashmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

47

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing