Opasining qotiliga aylangan uka bir umrga qamaldi

Olam

image

Model va bloger Kandil Balochning ukasi, "o‘z opasini o‘ldirgani uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda The Independent xabar bermoqda.

Muhammad Vasimning advokati Sardar Mehbubning so‘zlariga ko‘ra, u sud mahkamasi himoyasiga shikoyat qiladi. Qolgan olti sudlanuvchi, shu jumladan marhumaning yana ikki aka-ukasini ham aybdor emas deb topildi.

Kandil Baloch (haqiqiy ismi  Fauziya Azim) ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati tufayli shuhrat qozondi. Qiz o‘zi kuylagan va raqsga tushgan fotosuratlar va videolarni joylashtirdi. Baloch o‘zini "patriarxal fikrli jamiyatda" ayol huquqlari uchun kurashchi sifatida ko‘rsatdi.

Balochga suiqasd 2016 yilning iyulida yuz bergan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Vasim opasining og‘zi va burunini berkitib, uning nafas olishini to‘xtatib qo‘ygan. Vasim aybini tan oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, opasi ijtimoiy tarmoqlardagi postlari bilan oilasini "sharmanda qildi".                           

Kandilning otasi so‘zlariga ko‘ra, qizi Instagram`dagi postlari uchun olingan pulning bir qismini Vasimga berib yurgan va ukasi bu pullarni mamnuniyat bilan qabul qilib kelgan.

2016 yilda modelning suiqasdidan keyin Pokiston Parlamenti "sharafli qotilliklar" ga qarshi qonun loyihasini qabul qildi. Qonunda bunday jinoyatlar uchun yanada qattiqroq jazo tayinlandi. Qonunga ko‘ra, qarindoshlar qotili faqat o‘lim jazosidan qutulishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Kandil Balach Pokistonda Parlament yangi qonun

Baholaganlar

509

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar