AQSHda ikki kundirki koronavirusdan rekord darajada odam o‘lmoqda

Olam

image

So‘nggi 24 soat ichida AQSHda COVID-19 tashxisi qo‘yilgan 1 973 bemor vafot etdi. Bu haqda, Jons Xopkins universiteti o‘z saytida ma’lum qildi.

Bu miqdor o‘tgan kundagi antirekordni yangiladi. Bir kun oldin AQSHda koronavirus bilan bog‘liq 1 736 ta o‘lim holati qayd etilgan. Shu bilan, mamlakatda ushbu kasallikdan vafot etganlarning umumiy soni 14 817 kishiga yetdi.

Ma’lumot uchun, AQSHda koronavirus epidemiyasi boshlanganidan beri 432 132 odamda infeksiya tasdiqlangan. Kasallanganlarning 23 906 nafari ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Avvalroq, mamlakat vitse-prezidenti Maykl Pens, Amerikaning yirik shaharlarida koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanayotgani haqida aytdi. Shu munosabat bilan, u barcha amerikaliklarni o‘zlarini va butun jamiyatni virusdan himoya qilish uchun "qo‘lidan kelgani barcha ishni qilishga" chaqirdi.

 

Maqola muallifi

Teglar

AQSh Koronavirusdan o'lim Rekord

Baholaganlar

718

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing