Tezkor: Olmazor tumanidagi “Shabboda” kafesida yirik yong‘in chiqdi (video)

Jamiyat

Toshkent shahar Olmazor tumani Qora qamish ko‘chasida joylashgan “Shabboda” milliy taomlar restorani bugun, 27 iyun soat 21:00 holatiga ko‘ra, yonmoqda.

Yong‘in juda katta maydonni egallab olgan. QALAMPIR.UZ muxbiri voqea joyidan xabar berishicha, restoran atrofidagi mahalla, yo‘l o‘rib olingan.

Hududga yaqin joyda nafaqat avtomobillar, odamlarning harakatlanishiga ham yo‘l qo‘yilmayapti.

Taxminlarga ko‘ra, yong‘in restoran ichida turgan Cobalt avtomobilining portlashidan kelib chiqqan. Avtomobilning ichida gaz balloni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Olmao'or tumani

Baholaganlar

92

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing