Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyni tabrikladi
Jamiyat
−
24 aprel 2019
5847O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyni Ukrainada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston rahbari O‘zbekiston-Ukraina munosabatlari an’anaviy do‘stlik, o‘zaro manfaatli hamkorlik asosida rivojlanishda davom etishiga ishonch bildirgan.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyga mustahkam sog‘lik, xotirjamlik va davlat arbobi sifatida muvaffaqiyatlar, ukrain xalqiga esa tinchlik va farovonlik tilagan.
Ma’lumot uchun, Vladimir Zelenskiy 21 aprel kuni Ukraina prezidentligi uchun o‘tkazilgan saylovning ikkinchi turida raqibi, Pyotr Poroshenkoni katta farq bilan ortda qoldirib g‘olib bo‘lgan edi.
LiveBarchasi