Paxtachida “konchi”larni tosh bosib qoldi, qurbonlar bor
Jamiyat
−
18 Sentabr 2019
5869O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining ma’lum qilishicha, shu yilning 17 sentyabr kuni soat taxminan 18:30 larda 3 nafar fuqaro Samarqand viloyati Paxtachi tumanida hududida joylashgan, davlat zahirasida bo‘lgan “Qoraqo‘ton” tog‘ hududidagi shaxtada oltin moddasini o‘zboshimchalik bilan qazish ishlarini olib borayotganlarida tog‘ toshi bosib qolishi natijasida 2 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, 1 nafar fuqaro esa tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ma’lumot uchun, Qoraqo‘ton oltin koni Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinati tasarrufidagi konlardan biri hisoblanadi.
LiveBarchasi