Yetti nafar o‘zbekistonlik qullikda yashab kelgan

Olam

image

Stavropol o‘lkasida “Alternativ” ko‘ngillilar tashkiloti faollari O‘zbekistonning yetti nafar fuqarosini qullikdan qutqardi. Ular kelishuv asosida o‘lkaga ishlash maqsadida kelishgan, ammo buyurtmachi hujjatlarini olib qo‘yib, ularni qullikka olgan.

O‘zbekistonlik erkaklar poliz ekinlari dalasida joylashgan ko‘rimsiz chodirda yashashgan. Ular kecha-kunduz doimiy ravishda ishlashgan, ammo buning evaziga hech narsa olishmagan. Jabrlanuvchilar dala maydonidan tashqariga ham chiqa olishmagan.

Faollarga o‘zbekistonliklarning ahvoli haqida yaqinlariga telefon qilishga muvaffaq bo‘lgan “asir”lardan birining qarindoshi aytib bergan. Ko‘ngillilar ishchi bilan aloqaga chiqib, uni qutqarish rejasini ishlab chiqishga muvaffaq bo‘lishdi. U lagerdan hech kimga sezdirmagan holda qochib chiqib, yordam kutgan va politsiyachilar hamda faollarning Dog‘istondagi vakilini ekin dalasiga olib borgan.

O‘zbekistonliklarning ma’lum qilishicha, dalada qovundan tashqari, alohida uchastkada nasha o‘simligini yetishtirgan. Biroq politsiya yetib borganda noqonuniy plantatsiya izlari yo‘qotib bo‘lingan.

Ozod qilingan o‘zbekistonliklar darhol uylariga qaytib ketishmagan, ular vaqtincha Neftequm tumani Achikulak qishlog‘ida joylashdilar. Ishchilar maoshlarini olish maqsadida politsiyaga ariza yozgan. Ish beruvchi o‘zbekistonliklarning har biriga 30 ming rubldan maosh to‘lagana. Shundan keyingina ular O‘zbekistonga qaytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya qullik

Baholaganlar

114

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing