Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik quruvchilar namoyishga chiqdi

Olam

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “Laxta Sentr” osmono‘par binosi qurilishida ishlayotgan o‘zbekistonlik quruvchilar miting uyushtirdi. Qurilishni olib boruvchi “Renessans Konstrakshn” kompaniyasining TASSga ma’lum qilishicha, quruvchilar qo‘shimcha haq talab qilyapti.

“Kompaniyaning ishchilar oldida maoshlar va boshqa ijtimoiy majburiyatlari bo‘yicha qarzdorligi yo‘q. ilgari surilgan talab mehnat shartnomasidan tashqari, ishchilarning qo‘shimcha to‘lov bo‘yicha talabi ko‘rib chiqilyapti”, degan kompaniya vakili.

“Renessans Konstrakshn” norozilik bildirayotganlarning asosiy qismi O‘zbekiston fuqarolari ekanini bildirgan. Voqea joyiga kompaniya vakillari va O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi konsuli yetib borgan.

Avvalroq Rossiyaning Amur viloyatida gazni qayta ishlash zavodi qurilishini amalga oshirayotgan Renaissance Heavy Industries kompaniyasi ishchilari uch oy davomida maosh olmaganligi sababli isyon ko‘targani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

383

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing