Qanday loyihalar mahalliylashtirish dasturiga kiritiladi?

Jamiyat

image

Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirish, amalga oshirish va hisobot tizimini yuritish hamda ushbu jarayonda davlat boshqaruvi organlari va loyihalar tashabbuskorlarining o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Norma” xabar berdi.

Nizomda belgilanishicha, import o‘rnini bosuvchi tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, xomashyo va materiallarni ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) bilan bog‘liq jarayon mahalliylashtirish hisoblanadi. Mahalliylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, DSQ, DBQ, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Davstatqo‘m, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “O‘zstandart” agentligi, SSP, shuningdek:

•    Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish tadqiqotlari markazi;

•    Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha yordamchisi va ishchi guruh;

•    loyiha tashabbuskorlari (import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar) mahalliylashtirish jarayoni ishtirokchilari hisoblanadi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish jarayonlarini chuqurlashtirish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi.

Nizomda mahalliylashtirish jarayoni ishtirokchilarining vazifalari, ular tomonidan mahalliylashtirish dasturini shakllantirish, amalga oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan funksiyalar, shuningdek ularni amalga oshirish muddatlari  belgilangan. Bu mahalliylashtirish dasturini shakllantirish va uni amalga oshirish jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro hamkorligi sxemasida aks etgan.

Loyihalar mahalliylashtirish dasturiga ularning ko‘rsatkichlari quyidagi mezonlarga javob bergan holda kiritiladi:

•    mahalliylashtiriladigan mahsulotlarning respublika hududiga doimiy ravishda, katta miqdorda import qilinishi;

•    mahalliylashtiriladigan mahsulot ishlab chiqarish quvvati va mavjud xomashyo bazasi negizida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish imkoniyatining mavjudligi;

•    tarmoq va hududiy korxonalarda mavjud texnologik uskunalarning tez ishdan chiquvchi butlovchi buyumlari, ehtiyot qismlari va materiallarini ishlab chiqarishga qaratilganligi;

•    ishlab chiqarilayotgan mahsulotning mahalliylashtirish darajasi kamida 36 foiz bo‘lishi;

•    mahalliylashtirilayotgan mahsulotga ichki va tashqi bozorda yetarli darajada talabning mavjudligi;

•    ishlab chiqarish infratuzilmasining mavjudligi, ayniqsa, bo‘sh bino va kichik sanoat zonalaridagi mavjud infratuzilmadan foydalanilishi;

•    yirik va kichik korxonalar o‘rtasida kooperatsiya aloqalari yo‘lga qo‘yilganligi.


Maqola muallifi

Teglar

mahalliylashtirish

Baholaganlar

20

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar