Koronavirusga qarshi antitanalar bolalarda kamroq aniqlanishi ma’lum bo‘ldi
Bu qiziq
−
01 Oktabr 2020
5536SARS-SOV-2 ga qarshi antitanalar bilan bog‘liq ijobiy natijalar bolalarda minimal miqdorda qayd etilgan. Bu ommaviy sinovlarning borishini kuzatish uchun yaratilgan "Monitoring.Invitro" loyihasi ma’lumotlaridan ma’lum bo‘lgan.
4 oydan ortiq davom etgan izlanishlar shuni ko‘rsatganki, umumiy ijobiy natijalarning faqatgina 3 foizi 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarda aniqlangan. 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘spirinlar orasida esa 2 foiz holat qayd etilgan.
Antitanalar aniqlangan bemorlarning maksimal soni (55 foiz) 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan odamlar orasida qayd etilgan.
"Invitro-Sibir"ning bosh shifokori Andrey Pozdnyakovning so‘zlariga ko‘ra, bolalarda ijobiy natijalarning past darajasi epidemiologik choralar samaradorligi bilan bog‘liq.
“Bolalar va o‘spirinlar ko‘pincha COVID-19ni yengil va simptomsiz shaklda o‘tkazishadi. Ularda antitanalar ozroq miqdorda sintezlanadi", deya tushuntirgan shifokor.
"Invitro" ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada 730 mingdan ortiq shunday tadqiqotlar o‘tkazilgan.
LiveBarchasi