Andijonda erini o‘ldirib, hojatxonaga tashlab yuborgan ayol qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Andijon viloyatida kichik oilaviy kelishmovchilik o‘lim bilan yakunlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 14 fevral kuni fuqaro A.K. Andijon shahar prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilgan. U arizasida Toshkent shahrida yashab kelayotgani sabab ukasi M.K. bilan aloqa qilmay qo‘ygani, uni izlab yashab kelayotgan xonadoniga kelganda, uni topa olmaganini aytgan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, 2019 yilning 3 may kuni soat 21:00 larda Andijon shahri, Bog‘ishamol mahallasida yashovchi 1972 yilda tug‘ilgan M.K. sha’riy nikohdagi turmush o‘rtog‘i – 1995 yilda tug‘ilgan X.X. bilan o‘zaro janjallashgani, X.X. uni sintetik ip yordamida bo‘ynidan bo‘g‘ib, qasddan o‘ldirgani, murdasini uyining hojatxona chuquriga tashlab yuborgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan shu yilning 16 fevral kuni shahar prokuraturasi tomonidan X.X.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

925

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing