Ohangaronda baliq ovlagan brakonerlar ushlandi

Jamiyat

image

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Angren daryosining Ohangaron tumani, Qayirma qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi qismida fuqarolar V.B. va boshqalar taqiqlangan ov quroli hisoblangan elektr qarmoq bilan baliq ovlayotganligi aniqlangan. Bu haqda Bosh Prokuratura Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Tekshiruv jarayonida “SEAHAWK II” nomli qayiq, elektr qarmoq, akkumulyator va 6942 dona ovlangan baliqlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining dalolatnomasiga asosan 6942 dona baliqlarning noqonuniy ovlanishi natijasida hayvonot va o‘simlik dunyosiga 281,5 mln so‘mlik juda ko‘p miqdordagi zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan V.B. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat

Baholaganlar

25

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made