“Tottenxem” yutqazib qo‘ydi. Endi YeCHLdan quruq qolishi mumkin

Sport

image

Tobora o‘z yakuniga yetib borayotgan Angliya premer ligasining bu mavsumida kuchli oltilikdagi jamoalar o‘rtasidagi kurash ayni avjiga chiqdi.

Hozirgina turnirning uchinchi pog‘onasida borayotgan Londonning “Tottenxem” klubi 37-tur doirasida o‘z o‘yinini o‘tkazdi. YeCHLda “Ayaks”ga o‘z uyida kichik 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan “shporlar” bu gal safarda “Bornmut”ga xuddi shunday hisobda mag‘lub bo‘lishdi.

“Bornmut” – “Tottenxem” 1:0 (0:0, 1:0).
“Din Kort” stadioni.

Gol: 1:0 – Ake (90+1).

“Bornmut”: Trevers, Simpson, Smit, Klayn, Ake, Ayb (Musse, 76), Freyzer, King, Lerma, Kuk, Uilson.

“Tottenxem”: Loris, Rouz, Tripper, Sanches, Alderveyreld (Foyt, 46), Dayer (Vanyama, 46), Sissoko (Devis, 82), Alli, Eriksen, Lukas Moura, Son Xыn Min.

Ogohlantirishlar: Dayer (11), Alderveyreld (23), Sissoko (40), Lerma (90), Vanyama (90), Alli (90).

Chetlatishlar: Son Xyon Min (43), Foyt (48).


Maqola muallifi

Teglar

APL

Baholaganlar

14

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made