Toshkentda MDXMI bitiruvchilarining V forumi boshlandi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 19 may kuni Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MDXMI) bitiruvchilarining V xalqaro forumi – davlat arboblari, yirik tadbirkorlar, ko‘p tomonlama institut rahbarlari, nufuzli jurnalistlarning norasmiy uchrashuvi o‘tkazilmoqda.
 
Bugun, 19 may kuni soat 10:00 da konferensiyaning asosiy yig‘ilishi start oldi. Forumning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Rossiya madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy, Rossiya Federatsiyasi Kengashi raisi o‘rinbosari Ilyas Umaxanov ishtirok etyapti.

Forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning tabrigi bilan boshlandi. Prezident tabrigini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov o‘qib eshittirdi. RF Prezidenti tabrigini MDXMI rektori Anatoliy Torkunov o‘qib eshittirdi.

Tadbirni moderator sifatida MDXMIning Kuzatuv kengashi a’zosi, TASS bosh direktorining o‘rinbosari Mixail Gusman olib boryapti.

Forumda siyosat, xavfsizlik, iqtisod va madaniyat sohasidagi dolzarb masalalar bo‘yicha Mo‘g‘uliston Tashqi ishlar vaziri Damdin Sogtbaatar, Kambodja Ta’lim vaziri Naron Xan Chuon, Rossiya fan va ta’lim sohasini nazorat qilish federal xizmati rahbari Sergey Kravsov, MDXMning Vasiylik kengashi a’zosi Fattoh Shodiyev so‘zga chiqadi.

Forumning asosiy dasturi davlat idoralari va kompaniyalar rahbarlarining biznes uchrashuvlaridan iborat. Uchrashuv davomida ta’lim, madaniyat va investitsiya sohasida ikki tomonlama munosabatlar muhokama qilinadi.

MDXMI, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda O‘zbekiston va Rossiyaning boshqa oliy o‘quv yurtlari mutaxassislari ishtirok etadigan tadbirda Markaziy Osiyodagi ko‘p tomonlama hamkorlik va xavfsizlik masalalari bo‘yicha ekspertlararo munozara bo‘lib o‘tadi.

Forumda, shuningdek, universitetni rivojlantirishning yangi strategiyasi muhokama qilinadi. Forumda Toshkent MXMI filiali ochilishi haqidagi dastur taqdimoti ham o‘rin olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

8

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing