Video: Minskda bayram salyuti vaqtida fojia yuz berdi

Olam

Kecha, 3 iyul kuni Minskda bayram salyuti vaqtida baxtsiz hodisa yuz berdi. “Naviny.by” nashri xabar berishicha, salyut yer sathiga yaqin joyda portlashi oqiyuatida atrofdagilarni jarohatlagan.

Voqea guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, salyut otiladigan “Minsk – qahramonlar shahri” yodgorligi oldidan quyuq tutun bilan ikkita kuchli gumburlagan ovoz eshitilgan.

Salyut portlashi to‘lqinidan yaqin atrofdagi uylarning oynalari sinib ketgan. Baxtsiz hodisada 64 yoshli ayol halok bo‘lgan va 4 kishi jabrlanib, shifoxonaga yotqizilgan. Odamlarga portlagan salyut bo‘laklari jarohat yetkazgan.

1

Ma’lumot uchun, kecha, 3 iyul kuni Belarusda mamlakat Mustaqillik kuni nishonlandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Belarus' salyut

Baholaganlar

48

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing