O‘zbek sportchisi “Brilliant liga”ning ilk bosqichida ishtirok etadi

Sport

image

Ertaga Qatar poytaxti Doxa shahrida yengil atletika bo‘yicha mavsumning nufuzli musobaqalaridan biri bo‘lmish “Brilliant liga” turniri start oladi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi vakili Svetlana Radzivil ham ishtirok etadi. Bu haqda MOQ Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Radzivil qatnashadigan balandlikka sakrash sektorida 9 nafar sportchi g‘oliblik uchun bahs olib borishi belgilab qo‘yilgan. 

E’tiboringizga “Brilliant liga”ning bu mavsum uchun tuzilgan taqvimini havola qilamiz:

3 may – Doxa (Qatar)
18 may – Shanxay (Xitoy)
30 may – Stokgolm (Shvetsiya)
6 iyun – Rim (Italiya)
13 iyun – Oslo (Norvegiya)
16 iyun – Rabot (Marokash)
30 iyun – Stenford (AQSH)
5 iyul – Lozanna (Shveysariya)
12 iyul – Monako (Monako)
20-21 iyul – London (Buyuk Britaniya)
18 avgust – Birmingem (Buyuk Britaniya)
24 avgust – Parij (Fransiya)
29 avgust – Syurix (Shveysariya)
6 sentyabr – Bryussel (Belgiya)


Maqola muallifi

Teglar

Brilliant liga

Baholaganlar

5

Reyting

2.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar